TARIXIY ATAMATAR LUG`ATI Agora  Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig`ilishi joyi,
markaziy maydon. Akveduk  ustida shaharga suv keladigan anhori bo`lgan baland
ko`prik. Altamir  Ispaniyadagi so`nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan
g`or. Amfiteatr  sahna atrofida tomoshabinlar o`tirishiga
mo`ljallangan qurilmalar bilan
qurshalgan tomsiz katta inshoot. Amfora  suyuq mahsulotlarni tashish va saqlash uchun
mo`ljallangan bo`g`zi ingichka va
qo`shaloq dastali katta ko`za. Amulet misrliklar fikricha, mabodo inson o`zi bilan birga olib yursa,
yovuz ruhlar va balo-ofatlardan
himoya qiluvchi kichik buyumlar;
tumor. Animizm  insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning
mavjudligiga e'tiqod. Antik tarix  Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi. Argonavtlar  oltin mo`ynani (sehrli qo`chqor terisini) izlab "Argo" degan
ko`p eshkakli kemada daryoga
chiqqan Ellada qahramonlari. Ariylar  qadimgi xalqlar; tarjimasi "sodiqlar", "erkinlar" ma'nosini
anglatadi; oriylar. Arxeologiya  ashyoviy manbalarni o`rganuvchi va ular bo`yicha tarixiy
o`tmishni qayta tiklovchi fan;
qadimshunoslik. Arxiv  davlatga oid hujjatlar saqlanadigan joy. Arxitektura  binolar va boshqa inshootlarni barpo etish san'ati. Avstralopitek  eng qadimgi odam turi. Budda  Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; "Ma'rifatlangan"
tarzida tarjima qilinadi. Buddaviylik  miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Siddhartha
Gautama tomonidan asos solingan
diniy ta'limot. Danaylar  Gomer "Iliada"da yunonlarni shunday atagan. Delta  Nil daryosi O`rtayer dengiziga quyilayotganda
uchburchaksimon yalpi manzarani
yuzaga keltiruvchi makon. Demokratiya  har bir fuqaro o`z mamlakatini boshqarish masalasi
bo`yicha o`z fikrini bayon etadigan,
shuningdek, davlat boshqaruvida
ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum. Diadohlar (vorislar)  Makedoniyalik Aleksandr vafotidan
keyin turli hududlar ustidan
hokimiyatni egallab olgan harbiy
sarkardalar. Diktator  favqulodda vaziyatlar ro`y bergan taqdirda tayinlanuvchi
yakkaboshchi hukmdor. Dinastiya (sulola)  birin-ketin hukmronlik qiluvchi podsholar
urug`i; sulola vakillari ko`pincha bitta
nom bilan aytilgan, masalan,
ahamoniylar. Ellada  Qadimgi Yunoniston. Ellinlar  qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi
shunday atalgan. Falanga  og`ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki
16 qatorsaf tortishi. Fir'avn  Misr hukmdori; "ulug` xonadon" ma'nosini anglatadi. Freska  selgimagan suvoqqa chizilgan rasm. Forum  yig`ilish joyi va bozor maydoni bo`lib xizmat qilgan shahar
markazi. Gilgamish  Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs,
Uruk shahri podshosi. Goplit  Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya
armiyalarining og`ir qurollangan
piyoda jangchisi. Ibodatxona  muqaddas deb e'lon qilingan, odamlar xudolarga
sig`ingan bino yoki joy.
"Iliada"  Gomerning Troya urushi haqidagi dostoni. Imperiya  hukmdorning cheklanmagan hokimiyati joriy
etilgan davlat. ItaliklarApennin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilala'r. Iyerogliflar  qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini shunday atashgan;
"muqaddas bitiklar" ma'nosini
anglatadi. Kapitoliy tepaligi  Rimdagi eng baland tepalik. Kohinlar ibodatxona ruhoniylari. Koloniyalar  o`z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda
asos solingan manzilgoh va
shaharlar. Konsul  Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili
saylangan ikki nafar konsul Senat va
armiyaga rahbarlik qilgan. Ko`chmanchilar  doimiy istiqomatjoyiga ega bo`lmagan
kishilar. Legion  Rim armiyasida eng yirik jangovar birlik. Metek Afinada yashovchi ajnabiy. Mixxat  shumerlar va forslarning qadimgi yozuvi. Moxenjodaro  Hindistondagi eng qadimgi sivilizatsiya. Mozaika  rangli sopol yoki shisha parchalaridan devorda yoki polda
ishlangan suvoqqa qadalgan
manzarali rasm. Olimpiada o`yinlari  Pelopenos yarimorolidagi Olimpiya shahrida to`rt
yilda bir marta Olimpiyalik Zevs
sharafiga bag`ishlab o`tkaziladigan
umumyunon sport musobaqalari. Oykumena  Yer yuzining odamlar yashaydigan qismi, chegarasi. Papirus  poyasining mag`zi yozuv yozishga material tayyorlash uchun
ishlatiladigan qamish. Patritsiylar  senatorlarning avlodlari. Piramida  mahobatli tosh inshoot, fir'avnlar maqbarasi. Plebeylar oddiy xalq, shaharliklar, kambag`allar. Qarzdorlik qulligi  qarzni vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning
qullarga aylantirilishi jarayoni. Qul  o`zga bir kishining mulki bo`lgan va ishchi kuchi sifatida
ishlatiladigan erksiz odam
("so`zlovchi mehnat quroli"); qulni
sotib olish va sotib yuborish mumkin
bo`lgan. Qurbonlik bag`ishlash  mehr- shafqatini qozonish maqsadida
xudolarga tortiq etiladigan hadyalar. Respublika  "umumiy ish" ma'nosini anglatadi; tuzum nomi. Senat  "Oqsoqollar kengashi" ma'nosini anglatadi. Strateg Afinaning harbiy boshlig`i. Sfinks  jasadi sherniki va boshi insonniki bo`lgan, piramidalarni
qo`riqlovchi afsonaviy mavjudot. Sivilizatsiya jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak
darajasi. Termlar  Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari. Mumiyolangan jasad  dafn etishga tayyorlangan, maxsus uzoq
saqlanuvchi moddalarqo`shilmalari
bilan ishlov berilgan jasad. Nekropol  qabriston; maqbara. "Nom"lar  Misrdagi ilk davlatlar. Tiran  mutlaq hokimiyatga ega bo`lgan hukmdor. Varvar - dastlab: yunon tilida so`zlashmaydigan har qanday chet
mamlakatlik kishi; keyinchalik bu so`z
madaniylashmagan odamlarga
nisbatan ishlatiladigan bo`ldi. Xronologiya  asrlar, davrlar, vaqt o`lchovi haqidagi fan; turli-tuman
voqealar sanasi xronologiya
yordamida aniqlanadi va
aniqlashtiriladi. Zikkurat  tepasida ibodatxonasi bo`lgan zinapoyali yirik minora. Shahar-davlat (polis)  tevaragidagi hududlarni tasarrufiga
olgan o`zini o`zi boshqaruvchi
shahar.
